Unikal logotip yaratish qancha turadi?

Brending bozoridagi logotip narxlari va unga ta’sir qiluvchi omillar, nima uchun tejashga urinish aslida qimmatroqqa tushishi haqida gaplashamiz

Unikal logotip yaratish qancha turadi?
17.07.2025

Startap. Ishlab chiqarish korxonasi. Qurilish kompaniyasi. Kafe yoki restoran. Ta’lim. Farqi yo‘q, qaysi sohada bo‘lishingizdan qat’i nazar, bugungi kuchli raqobat bozorida brend logotipi, ya’ni brendning vizual ko‘rinishi har qanday kuchli brendning ajralmas qismi.

Logotip, ko‘pchilik tadbirkorlar o‘ylaganidek, shunchaki bir chiroyli belgi emas, balki u brendning yuzi. Mijozlar oladigan birinchi taassurot. Raqobatchilardan ajratib turuvchi ustunlik. Brendning reputatsiyasi quriladigan fundament. 

Xo‘sh, u qancha turadi?

Dizaynerlar bor, bor-yo‘g‘i $20 ga logotip yasab berishga tayyor. Ba’zilari 200$ deydi. $1000 atrofida so‘raydiganlar bor. Hatto $10,000 ga logotip yaratadiganlar ham bor. Nima uchun narxlar bir-biridan bu qadar farq qiladi?

Keling, narxlarni batafsil ko‘rib chiqishdan oldin, dastlab unga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rib chiqamiz

Ish bajaruvchining tajribasi. U xoh yakka dizayner bo‘lsin, xoh agentlik, qoida oddiy — tajriba qancha katta bo‘lsa, narxlar shuncha yuqori bo‘ladi. O‘z navbatida, sifatli ish olishingiz ehtimoli ham.

Portfolio. Ish bajaruvchining mahorati va tajribasining eng zo‘r isboti — bu uning avvalgi muvaffaqiyatli loyihalari va ish namunalaridir. Ko‘plab samarali loyihalarni amalga oshirgan agentlik yoki mutaxassislarning xizmatlari qimmatroq bo‘lishi tabiiy. 

Ish hajmi. Biznes hajmi qancha katta, mijoz kutuvlari qancha ko‘p bo‘lsa, loyiha shunchalik murakkab va keng ko‘lamli bo‘ladi. Logotipni ishlab chiqish va uni turli formatlarda samarali foydalanishga moslashtirish uchun esa shunchalik ko‘p resurslar va mehnat talab qilinadi. 

Originallik va huquqiy himoya. Nafaqat logotip, balki har qanday dizayn eng murakkab qismi — bu albatta unikallik. O‘ziga xoslik har doim kreativ yondashuvni talab qiladi. Nostandart g‘oyalar va yechimlarni ishlab chiqishga ko‘proq aqliy resurs va vaqt sarflanadi.

Shuningdek, plagiat va patent tekshiruvi ham alohida vaqt, mehnat va ekspertiza talab qiladi. 

Originallik va patentlashning ahamiyatini tushunish uchun agentligimiz tajribasida bo‘lgan bir keysni ko‘rib chiqamiz.

Bir nechta supermarket tarmoqlari bor mijozimiz arzonroqqa logotip yasattirish maqsadida bir jamoaga murojaat qilgan. Mijoz yangi logotipi bilan filiallarni ko'paytirishda davom etgan. Keyin esa logotipni asl, huquqiy egasi mijozimizga aloqaga chiqib, logotipini o'zgartirishni talab qilgan. 

Aniq bo‘lishicha, “dizayner” logotipni shunchaki internetdan olib, ko'chirib, berib yuborishgan. Bu aniq bo‘lganda esa, mijoz ko‘chirilgan logotipi bilan allaqachon 800 million so'm atrofida xarajat qilib qo'ygan edi. Keyin ular bizning agentligimizga murojaat qilishdi va biz unga qimmatga tushsa-da, logotipni sotib olish taklifini berdik.

Mana nimaga originallik qimmat turadi.

Firma stili. Logotip — bu ko‘pchilik tadbirkorlar o‘ylaganidek, shunchaki bir grafik element emas, balki bir yaxlit tizim. U brend ranglari, shriftlari, ikonografiya, foto uslubi va o’ziga xos shakllarning majmuasidir. Bu umumiy qilib — firma stili yoki brend aydentikasi deyiladi.

Shubhasiz, firma stilini ishlab chiqish faqat logotipni yaratishdan ko‘ra doimo qimmatroq turadi. Biroq, bu to‘plam taklifi doirasida har bir element alohida buyurtma qilingandan ko‘ra arzonroqqa tushadi.

Bosqichlar. Tajribali agentliklarda logotip ishlab chiqish jarayoni faqat logotip yaratish emas, balki bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi.

Masalan, Mountain’da logotip yaratish — brifing, analiz, g‘oya, plagiat tekshiruvi, sifat nazorati va loyiha taqdimoti kabi 7 bosqichli jarayon.

Shaxsiy brend. Narxga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil — bu ish bajaruvchining mashhurligi bo‘lsa kerak. Bunday mutaxassislarning xizmatlari doimo qimmatroq turadi. Masalan, Artyomiy Lebedev kabi kuchli shaxsiy brendga ega dizaynerlar yoki agentliklarning xizmatlari bir necha o‘n ming dollarga yetishi mumkin. 

Narxlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqdik. Endi navbat narxlarga.

Keling, tushunish oson bo‘lishi uchun narxlarni bir nechta kategoriyalarga bo‘lib ko‘rib chiqamiz

  1. Arzon ($20 dan $500 gacha)

Ko‘pincha bunday narxlarni yosh mutaxassislar, frilanserlar yoki katta tajribaga ega bo‘lmagan dizaynerlar belgilaydi. Mijoz tajriba quyonchasi bo'lishi mumkin. Bu toifadagi asosiy muammo — dizayner bitta, buyurtmalar esa ko‘p. Ba’zida dizayner ulgurmaydi, ishni kelishilgan vaqtda topshirmaydi. Loyihalar cho'zilib ketishi mumkin. Logotip sifatini tekshiruvchi odam yo'q. Dizayner yakka o‘zi ishlagani uchun ish uning o'ziga yoqsa bo'ldi. Unikallik esa so‘ngi o‘rinda. Shu sababli, sifat ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Natijada vaqtingiz va pulingiz kuyishi xavfi bor. 

Agar bu resurslar sizda bemalol bo‘lsa, omadingizni sinab ko‘rsangiz bo‘ladi.

  1. O‘rta ($500 dan $1.500 gacha)

Ushbu narx kategoriyasida tajribali dizaynerlar va ba’zi endi faoliyat boshlayotgan agentliklar ishlaydi. Bu kategoriya odatda byudjeti cheklangan, ammo sifatli natija olishni xohlaydigan startaplar, kichik va o'rta bizneslar uchun mos keladi. Bu strategik yondashuvsiz tez va oddiy firma stiliga muhtoj bo'lgan kompaniyalar uchun ham mos bo'lishi mumkin.

Lekin bu kategoriyada ham muammolar bo‘lib turadi. Malakali dizaynerlar bo'lishiga qaramasdan tayyorlagan logotipi qayerdandir ko'chirilgan bo'lish ehtimoli yo‘q emas. 

Masalan, agentligimizga murojaat qilgan bir mijozimizning aytishicha,i bir agentlikda logotip yasattirgan. O'sha logotip bilan bir yilcha muddat ishlagan. Shuningdek, mahsulot qadoq dizayni va veb-sayt qildirgan. 

Keyin, logotipni Turkiyaga chop etishga berganda, Turkiyadagi kompaniya: Bu Fransiyadagi bir brendning logotipi ekan, buni chiqarib bera olmaymiz, deyishgan. Mijozning shuncha qilgan investitsiyasi, mehnati va vaqti kuymoqda. Keyin esa bu mijoz logotipini yangilatish talabi bilan bizga murojaat qilishdi va biz unikal logotip tayyorlab berdik.

Arzon beillat bo’lmas, qimmat esa behikmat.

  1. Qimmat ($1.500 dan $6.000 gacha)

Bunday narxlarni odatda katta tajribaga ega agentliklar yoki mashhur dizaynerlar belgilaydi. Bu kategoriyada faqatgina logotip emas, balki to'liq brend aydentikasi, ya'ni brend ranglari, shriftlari, ikonografiya, foto uslubi va o’ziga xos shakllar ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi kategoriyalardan farqli tomoni — brending agentliklar loyihaga nafaqat brend dizaynerlar, balki boshqa tajribali mutaxassislar — art direktor,  sifat va dedlaynni nazorat qiluvchi mutaxasis ham jalb qilishadi.

Bunday brending agentliklar bozor, maqsadli auditoriya va raqobatchilarni tahlil qilib, unikallik va strategik jihatdan to‘g‘ri yechimlarni berishadi.

Bunday agentliklar kuchli brend qurishni maqsad qilgan kompaniyalar uchun mos yechim.

Mountain jamoasi ham 2019-yildan buyon, mahalliy bizneslarga logotip orqali brendning kuchli vizual imijini yaratishda va brend qurishda yordam berib kelmoqda. Jamoamiz bilan birgalikda 400 dan ortiq kompaniyalarga xizmat ko’rsatdik. Ba’zilari allaqachon kuchli brendlarga aylanib ulgurishdi hamda biznesi bir necha barobarga o‘sganini xabar qilishdi.

  1. Juda qimmat ($6.000 dan $10.000 gacha)

Ha, bunday narxlar ham bor. Ko‘pincha xorijiy brending agentliklari va kuchli shaxsiy brendga ega chet el dizaynerlari shunga o‘xshash narxlar qo‘yadi. 

Xulosa

Ko‘rib chiqqanimizdek, logotip narxi ko‘plab omillarga bog‘liq. Ushbu omillardan kelib chiqib, taqdim etilayotgan xizmatlar narxi qanchalik adolatli ekanligiga baho berishingiz va o‘zingizga kerakli kategoriyani tanlashingiz osonroq bo‘ladi.

Agar sizda savollar tug‘ilgan bo‘lsa yoki brendingizga professional yondashuv istasangiz, bizga murojat qilishingiz mumkin.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi