Yangilanish bozor talabi: Strawberry House rebrending qildi
Mahalliy desert brendi Strawberry House vizual aydentikasini yangiladi. Rebrending Mountain agentligi tomonidan amalga oshirildi.

Muallif:
13.12.2025

Strawberry House shokoladlar, muzqaymoqlar va mevalardan tuzilgan estetik sovg‘a to‘plamlari bilan tanilgan. Brend assortiment, distributsiya va franchayzing yo‘nalishlarini kengaytirayotgani, shuningdek xalqaro bozorlarga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgani sababli imijni zamon talablari asosida yangilashga qaror qildi.
Brend auditi davomida aniqlangan muammolar
Eskirgan dizayn. Avvalgi logotip bugungi minimalizm va soddalikka asoslangan dizayn tendensiyalariga mos kelmasdi. Bu esa zamonaviy brend imijini shakllantirishga xalal berardi.
Nomutanosib logotip elementlari. Tom shakli, qulupnay tasviri va yumshoq shriftlar orasida uyg‘unlik yo‘q edi. Bu umumiy ko‘rinishni qo‘pol va noprofessional ko‘rsatardi.
Moslashuvchanlikning pastligi. Logotipni turli formatlarda qo‘llash qiyin edi. U ayniqsa ikona va kichik o‘lchamlarda o‘z ifodasini yo‘qotar edi.
Segmentga mos tushmaslik. Logotip elementlari — tasvirlar, ranglar va shriftlar premium segment kayfiyatini bera olmasdi.
Yagona vizual tizimning yo‘qligi. Shrift va ranglardagi xilma-xillik bir butun vizual obrazni shakllantirishga to‘sqinlik qilardi.
Yangi konsepsiya: muammolarga kompleks yechim
Mountain agentligi ishlab chiqqan yangi konsepsiya nafaqat brend nomi va uning ko‘rinishini, balki brend xarakteri, faoliyati va segmentini ham ifodalaydi.

Olmos metaforasi
Olmosning sayqallanish jarayoni kabi Strawberry House’ning har bir sovg‘a to‘plami ham katta mehnat, sinchkovlik va mahorat talab qiladi. Logotipdagi uchburchak shakllar shu falsafani ramziy ifodalaydi.
“Qulupnay ichida qulupnaylar”
Yumshatilgan umumiy uchburchak siluet qulupnay shaklini hosil qiladi. Ichki shakllar esa olmos qirralari bilan bir qatorda abstrakt qulupnaylarni va uning yuza teksturasi — donachalarini eslatadi.
Luvr piramidasi metaforasi
Logotip teskari holatda mashhur Luvr piramidasini eslatadi. Bu yechim quyidagi ma’nolarni beradi:
Premiumlik hissi;
Mahsulotning san’at asaridek qadri;
Sovg‘aning eksklyuzivligiga ishora.
Shrift va ranglar
Logotipga mos ravishda o‘ziga xos ranglar va zamonaviy shriftlar tanlandi. Natijada brendga mos, zamonaviy va minimalistik vizual tizim paydo bo‘ldi. Yangi dizayn raqamli va bosma formatlarga oson moslasha oladi.
O‘zgarish — biznesning ajralmas qismi
Bozor, trendlar va mijozlar didi o‘zgarmoqda. Brendlar esa bu jarayonga moslashishi, imijini vaqtida yangilashi va bu ishni tajribali mutaxassislar bilan amalga oshirishi muhim. Strawberry House aynan shu yo‘lni tutib, o‘z vizual imijini yangi bosqichga ko‘tardi.
Agar brend yangilanishga muhtoj bo‘lsa, Mountain jamoasi uni keyingi bosqichga olib chiqadigan kompleks yechimlarni taklif etadi.
Telefon: +998 55 517-31-11
Veb-sayt: mount.uz
Instagram:@mountain_uz