Qimmat sotish kaliti | Brend nomi nega muhim?

2024 M09 17, Tue

Neyming - Neyming deb biror bir kompaniya yoki mahsulotni nomlash jarayoniga aytiladi. Tashqi tomondam juda bir oddiy ishday ko’rinsada, aslida esa kompaniyaga to’g’ri nom topish ijodkorlik va yuridik ekspertiza talab qiladi.

____________

Keling neyming nima uchun muhimligini ko’rib chiqamiz.

1) Brendga egalik qilish uchun
Brendga egalik qilish faqatgina brend nomini patentlash orqali bo’ladi. Brendizga egalik qila olmasangiz, istalgan tadbirkor sizni nomizdan foydalanishi mumkin.

Yoki, Brendizni nomi allaqachon boshqa korxona patentlagan bo’lsa,

sizni faoliyatizni to’xtata oladi.

Ko’plab brendlar bu muammoga uchragan. Masalan: Apple 1968-yilda Bitles jamoasi o’zini Apple Corps kompaniyasi tashkil qiladi va Apple nomini patentlaydi. Bundan 8 yil o’tib biz bilgan Apple kompaniyasiga asos solinadi. Apple nomi Bitles kompaniyasiga tegishli bo’lgani uchun biz bilgan Apple’ni 1978-yilda Bitles sudga beradi. Oradan 3 yil o’tib biz bizgan Apple Bitlsga tegishli Apple Corp’s ga $80.000 to’lov qiladi.

Kelishuvga ko‘ra, Apple Computer musiqiy biznesga kirmaslikka, Apple Corps esa kompyuter biznesiga kirmaslikka rozi bo‘ladi.Bir necha yil o’tgandan so’ng Apple kompyuterlariga audio yozuv imkoniyatlarini qo’shadi. Shundan so’ng Apple Corps yana sudga murojaat qiladi. Oxiri 2007-yilda nizolar hal qilinadi. Biz bilgan Apple kompaniyasi Bitlesga tegishli kompaniyaga $500mln to’lab, Apple savdo belgisiga tegishli barcha huquqlarini sotib olganini aytishadi.

Apple katta kompaniya, biz ularni oldida kichkina kompaniyamiz,

bizni brendimizni nomi kimgayam kerak deysizmi?

O’zbekistonda ham, hali kichik korxona bo’lgan paytida patent bilan muammoga uchragan brendlar ko’p. Bulardan bitta bu EVOS 

EVOS avvallari Lavash centr nomi bilan faoliyat yuritgan. Lekin bu nomni patent qilib bo’lmasligi sababli nomini o’zgartirishga majbur bo’lgan.

Bunday holatda rebrending qilish juda to’g’ri qaror bo’lgan. Chunki hozirgi kunda ko’ryapmizki ko’plab Lavash sentr nomi bilan ishlayatgan ko’plab fast foodlar bor .

Xulosa qiladigan bo’lsak Brendga egalik qilish va millionlab pullarni yoqotmaslik uchun patentdan o’tadigan nom bilan ishlashingiz va brendizni nomini zudlik bilan patenlab qo’yishingiz kerak.

2) Qimmatroq sotish uchun

Brend nomi mahsulotni segmentini bildirishda xizmat qiladi. Buning isbotini AQSHda o’tkazilgan ijtimoiy tajribadan bilib olsak bo’ladi. Oyoq kiyimlari narxi $20 atrofida bo’lgan Payless brendi rebrending qiladi va Palessi nomi bilan soxta butik ochadi. Xuddi o’sha oyoq kiyimlarni $200,

$400 va $600 sotishga muvaffaq bo’lishadi.

Mashxur brendlarda ham premium segmentga kirish uchun yangi brend qilish holatlari kuzatiladi. Masalan Tayota 1980-yillarda AQSh bozorida o‘zining arzon avtomobillari bilan mashhur bo‘lgan. Premium segmentga kirish uchun Lexus nomi bilan LS 400 modelini ishlab chiqadi. AQSh bozorida Lexus LS 400 juda yaxshi qabul qilinadi va bu Toyota uchun premium segmentda katta muvaffaqiyatga erishishiga imkon beradi. Demak, xulosa qiladigan bo’lsak Mahsulotingizni narxini belgilashda brendizni nomi ham rol o’ynaydi.

3) Raqobatchilardan ajralib turish uchun 

Brend nomi raqobatchilardan ajralib turishda muhim rol o‘ynaydi va kompaniya haqida birinchi taassurotini beradi. Zara brendi 1975-yilda Ispaniyada tashkil topgan. Dastlab Zara “Zorba” deb nomlangan. Biroq, do‘kondan ikki blok narida “Zorba” nomli bar mavjud bo‘lgani aniqlanadi. Zorba faoliyati jihatdan raqobatchi bo’lmasada bu chalkashlikka sabab bo‘lishi mumkinligi sababli nomini Zara deb o’zgartiradi. Lekin O’zbekistondagi tadbirkorlarimizni ko’radigan bo’lsak bitta sohani o’zida bir biriga o’xshash nomlar juda ko’p. Ayniqsa fast fud, dorixona, kiyim kechak va o’ziq ovqat do’koni yo’nalishida. Bunday bo’lishi mijozlarni adashishiga olib kelishi mumkin.

4) Brendni falsafasini ifoda etish uchun 

Brendni nomi kompaniyani oliy maqsadi va qadriyatlarini yetkazishda ham xizmat qila oladi. Masalan bizni brending agentligimizni Mountain nomida ko’plar ma’nolar mujassam. Mountain ingliz tilidan tarjima qilganda to’g degan ma’noni bildiradi.

Nega aynan TOG’?

Bizni oliy maqsadimiz O’zbek tadbirkorlarini dunyo bozorida kuchli brend bo’lishida xizmat qilish. Kuchli brend bu liderlik, biz buni tog’ni cho’qqisiga o’xshatamiz. Tog’dan turib uzoq masofalarga nazar tashlash mumkin. Bu bilan biz qilyatgan ishimizda uzoqni ko’rgan holatda yechim berishimizni namoyon qilsak bo’ladi.

Albatta, barcha nomlar ham bunday chuqur ma’noga ega bo’lmaydi, ega bo’lishi shart ham emas. Bu nom beradigan ko’plab qiymatlardan biri xolos.  

Xulosa qiladigan bo’lsak, brendni nomi kuchli brend bo’lishda muhim rol o’ynaydi.Siz bilan brending bo’yicha mutaxasis, Mountain va Proten agentliklari rahbari Behzod Esonov bo’ldi. 

Bizga savollaringiz bo’lsa va konsultatsiyamizga yozilishni istasangiz video ostida havola qoldiramiz, shu havola orqali bizga murojaat qilsangiz bo’ladi.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi