Nega brendingizni bugunoq patentlashingiz kerak?

Bozorda raqobat kuchaygan hozirgi davrda brend — bu oddiy nom yoki logotip emas, balki sizning mehnatingiz, obro‘yingiz va ishonchingizdir. Ammo brendni o‘z vaqtida patentlatmaslik sizni bir qator jiddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

25.10.2025

Brend nomini o’z vaqtida patentlamasa nimalar bo’ladi?

  1. Patentga yaroqsizlik

Brendni yillar davomida rivojlantirgach, uni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, nom allaqachon band yoki umuman patentga yaroqsiz bo‘lib chiqishi mumkin. Chunki hamma nomni ham patentlab bo‘lmaydi.
Misol: “Safia” brendi dastlab “Дом выпечки” nomi bilan ish boshlagan. Biroq bu nom faoliyat turini bildirgani sababli patentlash mumkin emas edi. 2015-yilda kompaniya “Safia” nomiga rebranding qilishiga to’g’ri keladi.
Bunday muammoga tushmaslik uchun brendingizni nomini faoliyatingizni boshlashdan oldin patentdan o’tish yoki o’tmasligini tekshiring.

  1. Xorijga chiqishdagi to‘siqlar

Agar siz brendingizni faqat O‘zbekistonda patentlagan bo‘lsangiz, u chet elda himoyasiz hisoblanadi. Bu esa sizga eksport qilish, hamkorlik tuzish yoki “СТМ” (Private Label) formatida mahsulot ishlab chiqarish imkonini cheklaydi.

Misol: mashhur Burger King kompaniyasi Avstraliyada o‘z nomidan foydalana olmaydi. Sababi, “Burger King” nomi u yerda allaqachon mahalliy tadbirkor tomonidan patentlab olingan edi. Natijada ular brendni Hungry Jack’s nomi bilan yuritishga majbur bo‘lishdi.

Xalqaro bozorga chiqish rejangiz bormi? Unda brendingizni nafaqat O‘zbekistonda, balki eksport qilmoqchi bo‘lgan davlatlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazing.

  1. Firibgarlik

Ba’zida firibgarlar sizdan oldin brend nomingizni patentlab olib, uni sizga qaytarib berish uchun katta pul talab qilishi mumkin. Natijada hech qanday sababsiz katta miqdorda zarar ko‘rasiz.
Amaliy holat: turizm yo‘nalishida ishlovchi tadbirkor tanishimiz shunday holatga tushib, o‘z brendini qaytarib olish uchun $20.000 to‘lashga majbur bo‘lgan. Bunday yo‘qotishlarning oldini faqat o‘z vaqtida patentlash bilangina olish mumkin.

  1. Ishonch yo‘qotilishi

Brendingiz nomidan qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoki sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin. Siz esa hech qanday qonuniy choralar ko‘ra olmaysiz. Bu esa brend obro‘siga jiddiy putur yetkazadi.
Misol: “Gumma xonim” brendi bugungi kunda 45 dan ortiq filialga ega. Ammo mijozlar sifat tushib ketganidan shikoyat qilmoqda. Sababi — bu nomni ko‘chirib, o‘xshash nom ostida ishlayotgan fast-fud shoxobchalari ko‘paygan. Asl brend esa bunga qarshi qonuniy choralar ko‘ra olmaydi, chunki “Gumma xonim” nomi faoliyat turini bildirgani sababli patentlab bo‘lmaydi.

Patentlash kerak bo‘lgan brend elementlari:

  • Brend nomi

  • Logotip

  • Slogan

  • Qadoq shakli yoki etiketka dizayni

Patentlangan brend — bu nafaqat himoya, balki imkoniyatlar eshigidir

Brendni rasmiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish — bu oddiy hujjat olish emas, bu sizning biznesingizni huquqiy, moliyaviy va strategik jihatdan mustahkamlash demakdir. Quyida siz patentlangan brend egasi sifatida qo‘lga kiritadigan asosiy afzalliklar keltirilgan:

  1. Davlat tomonidan himoyalangan brend

    Adliya vazirligi tomonidan berilgan patent guvohnomasi sizga brendingiz ustidan to‘liq egalik huquqini beradi. Endi hech kim sizning nomingiz, logotipingiz yoki dizayningizdan ruxsatsiz foydalana olmaydi.

  2. 10 yillik qonuniy muhofaza
    Bir marta ro‘yxatdan o‘tgan brend 10 yil davomida davlat himoyasida bo‘ladi va bu muddatni uzaytirish mumkin. Ya’ni, siz o‘zingizga tegishli nomni yillar davomida ishonch bilan rivojlantirasiz.

  3. Franshiza va investitsiyalar uchun poydevor
    Patentlangan brend — bu franshiza tarmog‘i yaratish yoki investorlar jalb etish uchun eng muhim talabdir.
    Investitsorlar va hamkorlar har doim huquqiy jihatdan himoyalangan brend bilan ishlashni afzal ko‘radi. Bu sizga biznesni tez kengaytirish imkonini beradi.

  4. Chet el bozorlariga chiqish imkoniyati
    Patentlangan brendni siz xalqaro miqyosda ham ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Bu sizga mahsulotni “CTM” (Private Label) formatda ishlab chiqarish, eksport qilish va global maydonda faoliyat yuritish imkonini beradi.

  5. Hotirjamlik
    Patent — bu nafaqat hujjat, bu xotirjamlik. Siz o‘g‘irlik, qalbaki mahsulot yoki firibgarlikdan himoyalangan bo‘lasiz.

Natijada siz:
- asab va vaqtingizni tejaysiz,
- huquqiy muammolardan saqlanasiz,
- brendni o‘sishga, marketingga va sifatga yo‘naltirasiz.

Xulosa
Brend bu — sizning g‘oyangiz, mehnatingiz va obro‘yingizning timsoli. Uni himoya qilish — o‘zingizni, biznesingizni va kelajagingizni himoya qilish demakdir.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi