Kompaniya yoki mahsulot uchun patentdan o‘tadigan, o‘ziga xos nom qanday topiladi?

Kuchli brend qurishda nom va uni patentlashning ahamiyati. Qanday nomlar patentdan o‘tmaydi? Patentlashga yaroqli, unikal nom yaratish qancha turadi? Narx qanday omillarga bog‘liq? Nomning samaradorligi qanday o‘lchanadi? — Mountain Branding agentligi rahbari, brending bo‘yicha mutaxassis Behzod Esonov o‘z fikr va tajribalari bilan bo‘lishdi.

07.07.2025

Yangi biznes boshlayapsizmi yoki joriy biznesingizni kengaytirib, kuchli brendga aylantirmoqchimisiz, farqi yo‘q, bugungi kuchli raqobat bozorida o‘ziga xos brend nomingiz bo‘lishi muhim. Ruslarda bir maqol bor: «Как корабль назовешь, так он и поплывет». Ma’nosi: Kemani qanday nomlasangiz, u shunday suzadi. Bunda katta hikmat bor.

Brend nomini tanlash farzandingizga ism qoʻyishdek gap. Chunki iste’molchilarga kompaniya haqida ilk ma’lumot va tasavvurni aynan uning nomi beradi. Birinchi taassurot qanchalik ijobiy bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Bu tovar va хizmatlarning хaridorgirligini oshirishga yordam beradi. Forbes jurnalidagi tadqiqot natijasiga ko‘ra: iste’molchilarning 77%i mahsulotlarni aynan brend nomi sababli xarid qiladi. 

Brend nomi binoning fundamentiga o‘xshaydi. Brendning reputatsiyasi shu fundament ustiga quriladi.

Shunga qaramasdan o‘zbek tadbirkorlari yo‘l qo‘yayotgan asosiy kamchiliklardan biri — bu korxonaga nom tanlash. Aksariyat tadbirkorlar biznes boshlayotganda nomga ahamiyatsiz narsadek qarashadi, biznesning boshqa yugur-yugurlari bilan bo‘lib, nom haqida ko‘p ham bosh qotirib o‘tirmay, hayoliga kelgan bir nechta nomlar orasidan chiroylirog‘ini tanlab ishni boshlab yuborishadi. Nomni patentlash yodlaridan ko‘tarilib qoladi yoki bu haqida bilishmaydi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2025-yil 1-mart holatiga ko'ra O‘zbekistonda 439,043 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xo‘sh, ularning nechtasi savdo belgisi bo‘lgan brend nomini patentdan o‘tkazgan?

Sanoqlilari xolos.

1994-yildan beri Intellektual mulk agentligiga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bor yog‘i — 95,508 ta ariza topshirilgan. Ularning orasida rad javobi olganlar ham talaygina. Chunki ular patent talablariga javob bermaydi.

Patentdan o‘tmaydigan nomlar ko‘lamini his qilish uchun, patentlab bo‘lmaydigan nomlar ro'yxatiga nazar tashlash kifoya.

1. Mahsulot sifatini bildiruvchi nomlar: arzon, shirin, halol, ideal, mazali, tabiiy, best, lux, gold, original, premium, VIP va hokazo.

2. Joy nomlari: Osiyo, Toshkent, Istanbul, Ko‘kcha kabi.

3. Faoliyat turini bildiruvchi nomlar: dorixona, supermarket, restoran, tekstil, holding, mebel, house, travel, medical, pharm, food, auto, shop va hokazo.

4. Bir-biriga o‘xshash nomlar: Bestin va Besten, Dera va Dena, Vista va Vesta’ga o‘xshash.

5. Familiyalar: Esonov, Mamasaidov, Gulyamov va hokazo.

6. Raqamlar: 777, 365, 24/7, 36,6.

7. Patentdan o‘tmaydigan yoki patentlangan nomlarga qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasalgan nomlarni: Andijon muzqaymog‘i, Olot somsa, Premium Group, Dorixona 777, Best House, Ko‘kcha patiri va hokazo.

Shunday qilib, tadbirkor patentlanmagan nom bilan yillab ishlab yuradi, keyinchalik biznesni keyingi bosqichga olib chiqish, brend qurish ehtiyoji paydo bo‘lganda ayon bo‘ladiki, tanlagan nomi patentga yaroqsiz. Patentdan o‘tadiganlarini esa ba’zida boshqalar allaqachon patentlab olgan bo‘lib chiqadi.

Boshida ahamiyatsizdek tuyulgan narsa jiddiy muammoga aylandi. Chunki nom patentlanmagan bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va jarangdor bo‘lmasin — uni istalgan odam, istalgan paytda patentlab, o‘ziniki qilib olishi mumkin. Endi, yoki boshqa patentdan o‘tadigan nom topish kerak yoki nomning huquqiy egasidan nomni katta pulga sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Huquqiy himoyaning ahamiyatini tushunish uchun agentligimiz tajribasida bo‘lgan bir keysni ko‘rib chiqamiz:

Mebel sohasida faoliyat yurituvchi mijozimiz Muhammadsodiq aka 7 yil davomida "Zumrad" nomi ostida ishlab kelgan. Patentga ariza topshirishganida esa bu nom band bo'lib chiqadi. Brendga qilingan 7 yillik investitsiyalar isrof bo‘ldi, biznes egasining vaqti va puli kuydi. Natijada kompaniya rebrending qilish uchun bizga murojat qildi. Patentga yaroqsiz “Zumrad” nomini mijozimizga manzur bo‘lgan, patentdan o‘tadigan “Neos” nomiga o‘zgartirdik.

Savol tug‘ilishi tabiiy — nomni tadbirkor o‘zi o‘ylab topgani yaxshimi, yoki mutaxassisga murojaat qilish maqsadga muvofiqmi?

Tadbirkor odatda o‘z biznesini ipidan ignasigacha biladi, biznesga tegishli sohalarda fundamental bilimlarga ega bo‘ladi. Lekin, bu degani tadbirkor har bir ishni o‘zi qilishi kerak degani emas. Sababi patentdan o‘tadigan kuchli nom topish ko‘ringanidek oson ish emas, balki strategik va kreativ yondashuv hamda yuridik ekspertiza talab qiladigan murakkab jarayon. 

Shu sababli, tadbirkor korxona yoki mahsulot uchun nom tanlashda mutaxassislar bilan hamkorlikda ish ko‘rgani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, degan gap bejizga emas axir. Buni tushungan tadbirkorlar korxona yoki mahsulotlariga munosib nom berish uchun brendning agentliklariga murojaat etishadi. 

Brending agentliklarda ushbu xizmat turi — "Neyming" deb ataladi. Bu kompaniya, mahsulot yoki xizmat uchun nomlarni professional tarzda ishlab chiqish jarayoni.

O‘rinli savol tug‘iladi: neyming o‘zi kimlarga kerak?

  1. Rebrendingga muhtoj korxonalarga

Masalan, yaqinda agentligimizga qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ishlab kelayotgan “Post Modern” kompaniyasi murojaat qildi. 

Biznes egasi bilan suhbatda brend nomi patentdan o'tmasligi va dizaynda ham kamchiliklar aniqlandi. Rebrending qilish eng maqbul yechim deb topildi. 

Rebrending jarayonini brendingning asosi bo‘lgan nom ishlab chiqishdan boshladik. Nom ishlab chiqish jarayonining analiz bosqichida mijozning bozorda boshqalar uddalay olmayotgan vazifalarni uddalayotganini aniqlandi va mijozga aynan shu g'oyani bildiruvchi qisqa va jarangli — “UDDA” nomini taqdim qildik. Nom patentlandi. Nom asosida logotip va qadoq dizaynlari ham yangilandi. Biroz muddat o‘tgach, ushbu mijozimiz bilan suhbat qilganimizda, biznesi 10 barobarga o‘sganini xabar qildi.

  1. Yangi ochilayotgan bizneslarga

  2. Mahsulot yoki xizmatlarga

Xo‘sh, neyming bozorida narxlar qanday? 

50$ dan tortib 10,000$ gacha. Nima uchun narxlar bir-biridan bu qadar farq qiladi, deysizmi?

Ushbu maqolada narxlarga chuqur kirishmaymiz, yaxshisi, narxlar qanchalik adolatli o‘rnatilganligini baholash uchun unga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rib chiqqanimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ish bajaruvchi turi. Frilanser xizmatlari arzonroq, agentlik xizmatlari esa qimmatroq bo‘ladi. Sababi, frilanser vazifani yakka o‘zi bajarsa, agentliklarda loyihaga — neymer, loyiha menejeri , tadqiqot mutaxassislari va rasmiy patent vakili  kabi bir nechta mutaxassislar jalb qilinadi. Sifat va natija ham shunga yarasha bo‘ladi. 

Tajribali agentliklarda nom ishlab chiqish jarayoni faqat nom o‘ylab topish emas, balki bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi. Masalan, Mountain agentligida nom yaratish — brifing, analiz, generatsiya, sifat nazorati, taqdimot, audit va loyiha hisoboti kabi 7 bosqichli jarayon. 

Ish bajaruvchining tajribasi va malakasi. Katta tajribaga ega agentlik yoki mutaxassislarning narxlari shunga yarasha bo‘ladi. Ish bajaruvchining mahorati va tajribasining eng zo‘r isboti — bu uning bajargan muvaffaqiyatli loyihalari va ish namunalaridir. 

Ish hajmi va vazifaning murakkabligi. Biznes hajmi qancha katta, mijoz kutuvlari qancha ko‘p bo‘lsa, loyiha shunchalik murakkab va keng ko‘lamli bo‘ladi. Mijozga talablariga javob beradigan nom yaratish uchun shunchalik ko‘p resurslar va mehnat talab qilinadi. 

Shuningdek, qo‘shimcha variantlar va patent bo‘yicha tekshiruv vaqt talab qilganligi sababli, xarajatlarni oshiradi.

Huquqiy himoya. Nomni Intellektual mulk agentligi ro‘yxatidan o‘tkazish, ya’ni patentlash alohida pul turadi.

Nom uzunligi. Nom qanchalik qisqa bo‘lishi narxga ta’sir qiladi.

Ko'p yo'nalishlilik. Qanchalik ko‘p yo‘nalishlar(savdo, ishlab chiqarish, qurilish va boshqalar)da patentdan o‘tadigan nom kerak bo‘lsa, narx shunchalik oshib boradi.

Globallik. Nom geografiyasining qo‘llanish doirasi kengaygani sari nom unikalligiga qo‘yiladigan talablar ham oshib boradi. O‘z navbatida narxlar ham.

Tezlik. Narxga ta'sir qiladigan omillardan so'ngisi — vaqt. Nom qanchalik tez fursatda kerak bo‘lsa, tabiiyki bu narxga ham ta’sir qiladi.

Ushbu omillardan kelib chiqib, narxlar qanchalik adolatli ekanligiga baho berishingiz va maqsadlaringiz va cho‘ntagingizga mos kategoriyani tanlashingiz oson kechadi.

Endi, sifatli va kuchli nom tanlashning asosiy mezonlarini ko‘rib chiqsak

  1. Biznesga moslik
    Nom kompaniya va mahsulot haqida boshlang‘ich tushuncha beradi. U brendning missiyasi, qadriyatlari va xarakterini ifodalay olishi kerak.

  2. Auditoriyaga xoslik
    Nom mijozlarni aks ettiradi va ular uchun tushunarli bo‘ladi. Eshitilganda, auditoriyaning ongida to‘g‘ri obraz va tasavvur uyg‘otadi.

  3. Unikallik
    Nom bozorda noyob va betakror bo‘lishi kerak. Raqobatchilardan ajralib turishga yordam beradi va o‘xshash nomlardan saqlanishi muhim.

  4. Yuridik himoya
    Nom patentlab, huquqiy jihatdan himoya qilinishi mumkin bo‘lishi lozim. Bu jihat brend uchun muhim xavfsizlikni ta'minlaydi.

  5. Qisqalik va jarangdorlik
    Nom talaffuz qilish va eslab qolish uchun oson bo‘lishi kerak. Quloqqa yoqimli, sodda va tushunarli tovush birikmalaridan iborat bo‘ladi.

  6. Jozibadorlik
    Nom auditoriyaga yoqimli va ma’qul bo‘lishi kerak. U ijobiy taassurot qoldirishi muhim.

  7. Hissiyot
    Nom brend bergan asosiy hissiyot va ilhomni yetkazishi lozim. U odamlar bilan emotsional bog‘lanishni ta’minlashi mumkin.

*albatta bularning barchasi bitta nomda jam bo‘lishi shart emas. Bir nechtasi jamlanishi ham yetarli bo‘ladi.

O‘ylaymanki, ushbu mezonlar yordamida korxona yoki mahsulotlaringiz uchun nom tanlashda qiynalmaysiz.

Xulosa qilib aytganda, brendga yaxshi “ism qo‘yish” va uni patentlash — bu kuchli brend qurish yo‘lidagi birinchi qadam.

Agar sizda neyming bo‘yicha savollar tug‘ilgan bo‘lsa yoki brendingiz uchun patentdan o‘tadigan, o‘ziga xos nomga buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola orqali bepul konsultatsiyamizga yozilishingiz mumkin.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi