Brendni patentlash jarayonlari

Ko‘p tadbirkorlar brendlari uchun nom topishadi, logotip tayyorlashadi, marketingga sarmoya kiritishadi, lekin eng muhim bosqichni — brendni patentlashni kechiktirishadi. Aslida esa bu jarayon siz o‘ylaganchalik murakkab emas. Quyida biz brendni patentlash bosqichlarini sodda, ammo to‘liq tushuntirib beramiz.

Brendni patentlash jarayonlari
25.10.2025
  1. Brend nomini tekshirish

Bu bosqichda brend nomining patentdan o‘tish yoki o‘tmasligi chuqur tahlil qilinadi. 

Rasmiy patent vakili nomingizni quyidagi manbalarda chuqur tekshiradi:

Agar siz tanlagan nom ilgari ro‘yxatdan o‘tmagan va o‘xshash belgilar mavjud bo‘lmasa, keyingi bosqichga o‘tiladi.
Albatta, bu jarayonni o‘zingiz ham amalga oshirishingiz mumkin. Biroq tajribasiz holda qilingan tekshiruvda qonuniy nuanslar yoki bazadagi o‘xshash belgilar e’tibordan chetda qolishi mumkin. Natijada ariza rad qilinishi va vaqt hamda pul yo‘qotilishi ehtimoli bor.

  1. Patentlash xarajatlarini hisoblash va ariza topshirish

Brendingiz nomini patentdan o’tish ehtimoli yuqori bo’lsa, keyingi qadam — xarajatlarni aniqlash.
Patentlash xarajatlari odatda ikki asosiy qismdan iborat:

1) Davlat boji — bu rasmiy to‘lov bo‘lib, u sizning faoliyat yo‘nalishlaringiz soniga qarab belgilanadi.
Yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lsa, to‘lov miqdori ham shuncha ortadi. Davlat bojini quyidagi havola orqali o’zingiz hisoblab olishingiz ham mumkin: mount.uz/calculator

2) Agentlik xizmat haqqi — agentlikning tajribasi va ko‘rsatadigan xizmatiga qarab individual belgilanadi.

Narxlar ma’qul deb topilgach, rasmiy ariza Intellektual mulk agentligiga topshiriladi.

  1. Ekspertiza — IMA tomonidan tekshiruv

Ariza qabul qilingach, IMA ekspertizasi boshlanadi. Ekspertiza muddatlari (odatda 1 oydan 7 oygacha) siz tanlagan tarifga bog‘liq bo‘ladi.
Agar ekspertiza javobi ijobiy bo‘lsa — davlat boji to‘lanadi va sizga patent guvohnomasi beriladi. Shu paytdan boshlab brendingiz 10 yil davomida davlat himoyasida bo‘ladi (muddatni yana uzaytirish mumkin).

Ammo ba’zida natija salbiy chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Bu holat, odatda, nomni ariza topshirishdan avval to‘liq tekshirmaslik oqibatida sodir bo‘ladi.

Ba’zida hatto to‘g‘ri topshirilgan arizalarga ham so‘rovnoma kelishi mumkin.

So’rovnoma bu Intellektual mulk agentligining ekspertizasi tomonidan brend nomiga nisbatan bildirgan e’tirozidir.

Bunday holatda asosli javob yozilsa, brendni patentlab olish mumkin.

Real misollar:

  • “Ayva” brendi: ekspertiza “Ayva” brendiga “Ajwa” nomi o‘xshash deb e’tiroz bildirdi. Ammo mutaxassislarimiz “Ayva” va “Ajwa” ma’no jihatidan farqli ekanini isbotladilar va “Ayva” nomini patentlab berdik.

“Tass Cooking” loyihasi: ularga noto‘g‘ri tanlangan yo‘nalishlar sababli so‘rovnoma kelgan. Biz keraksiz klasslarni olib tashlash bo‘yicha javob tayyorlab, brendni muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazdik.

Demak, so‘rovnoma bu har doim ham to‘siq emas — tajribali mutaxassis yordami bilan hal qilinadigan bosqich.

Agentlik yordamisiz ham brendni patentlash mumkinmi?

Ha, albatta. “Intellektual mulk agentligi” rasmiy saytiga kirib, o‘zingiz ham patent uchun ariza topshira olasiz.
Biroq bu jarayon noziklik talab qiladi. Agar quyidagi xatolardan biri yuz bersa, arizangiz rad etiladi:
Ariza noto‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa;
Noto‘g‘ri klass (faoliyat yo‘nalishi) tanlansa;
So‘rovnoma kelganda javob yozilmasa;
Yoki nom patentga yaroqsiz bo‘lsa.
Shuning uchun patent agentligi orqali ariza topshirish ko‘p hollarda ishonchliroq va xavfsizroq bo‘ladi.

Nega patent agentligi orqali topshirish afzal?

  • Nom patentga yaroqliligi chuqur tahlil qilinadi;

  • Ariza to‘g‘ri to‘ldiriladi va to’g’ri klasslar aniq tanlanadi;

  • So‘rovnoma kelsa, agentlik mutaxassislari javob yozadi;
    Shu tarzda siz jarayonni to‘liq mutaxassislarga topshirasiz, o‘zingiz esa biznesingizni rivojlantirishga e’tibor qaratishingiz mumkin.

Xulosa
Brendni patentlash — bu hujjat emas, balki sizning mehnatingiz, g‘oyangiz va obro‘yingizni qonuniy himoya qilishdir. Kechiktirish — ortiqcha risk, pul va vaqt yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi