Brend qurish qadamlari

Xodimlarim brendim yo‘qligi uchun, mandan kam oylik beradigan lekin brendi bor korxonaga ketishdi. Manga brend qilib beringlar deb bir tadbirkor akamiz murojaat qildilar. To'g'ri, kuchli brend malakali mutaxassislarni jalb qiladi, mijozlar sadoqatini oshiradi, investor topishda yordam beradi va mahsulotni qimmatroq sotishda xizmat qiladi. Ba’zi tadbirkorlar brend bu logotip deb o’ylashadi. Brend bo’lish uchun chiroyli nom yoki unikal logotip yetarli emas.

Brend qurish qadamlari
21.09.2025

Ushbu maqolada brend qurish qadamlari, brend strategiyasini turlari va brending aslida nima ekanligi haqida suhbatlashamiz.

Keling brend, brending, aydentika va savdo belgisi orasidagi farqni ko’rib chiqamiz.

  • Brend bu - odamlar siz haqingizda eshitganda yoki ko‘rganda esiga tushadigan hissiyotlar jamlanmasi.

  • Brending manashu hissiyotlarni ishlab chiqish va boshqarish jarayoni.

  • Aydentika (ya’ni brend nomi, logotipi) esa brend haqidagi hissiyotlarni yetkazish vositalari hisoblanadi.

  • Savdo belgisi mahsulot yoki xizmatni boshqalardan ajratib turadigan nom yoki tasvir. Aynan savdo belgisi brendni himoyasi uchun poydevor bo’ladi.

Yanada tushunarliroq bo’lishi uchun brendni ayzberg deb tasavvur qilsak. 

Ayzbergni ustki qismida brend nomi, logotipi, ranglar va boshqa biz ko‘rib, eshitib yoki hidlab sezadigan elementlar joylashgan. Ular orqali biz brendni darrov tanib olamiz. 

Apple brendi misolida ko’rsak tishlangan olma ko’rinishidagi logotip, apple nomi, o’zgacha fikrla slogani, 3 ta kamerasini joylashuvi, qirqasiz korpus va do’kondagi appleni o’zi xos mebellari misol bo’la oladi.

Ayzbergni ostki qismida esa ko‘zga ko‘rinmaydigan, ammo brendning haqiqiy kuchini belgilaydigan jihatlar jamlanadi. 

Bular brend va’dasiga sodiqligi, kompaniyaning oliy maqsadi, qadriyatlari, brend xarakteri, mahsulot yoki xizmat sifati, o‘ziga xosligi, mijozlar roziligi, brendning bozordagi pozitsiyasi hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabat o‘rnatish qobiliyati. 

Apple misolida ko’rsak juda tez ishlaydigan operatsion sistema, ekologiyaga g’amxo’rlik, bir barmoqda ochiladigan macbook, kino ola oladigan darajadagi sifatli kamera, barcha mahsulotni birlashtiradigan eko sistema va boshqalar.

Aynan shu ostki qism brendni uzoq umr ko‘rishiga va insonlar ongida chuqur iz qoldirishga xizmat qiladi.

Bunday brend qurish uchun 4 ta qadamdan o‘tishingiz kerak.

  1. Tadqiqot o‘tkazish

Avvalo, korxonaning resurslari, moliyaviy holati, biznes modeli va brend qurishdan ko‘zlangan maqsad aniqlanadi

Shundan so‘ng maqsadli auditoriya, raqobatchilar, mahsulot va bozor holati chuqur tahlil qilinadi.

Tahlil jarayonida quyidagi instrumentlar yordam beradi:

  • Bozor hajmini aniqlash uchun — TAM–SAM–SOM ko‘rsatkichlari

  • Korxona va raqobatchilar holatini o‘rganish uchun — 8P, SWOT va PESTLE analiz

  • Mijozlarni chuqur tushunish uchun — CustDev, CJM va Jobs to be Done yondashuvlari va boshqalar.

Yig‘ilgan ma’lumotlar yagona hujjatga jamlanadi va tartibga solinadi. 

Ko‘pincha tadbirkorlar byudjetni tejash maqsadida ushbu bosqichni e’tibordan chetda qoldirishadi. 

Ammo buni natijasida brend imidjiga putur yetishi, noto‘g‘ri bozor tanlanishi va marketing byudjeti behuda sarflanishi mumkin.

Shu sababdan, brend qurish jarayonida tadqiqot — muvaffaqiyatning mustahkam poydevori hisoblanadi.

  1. Brend strategiyasini tuzish

Brend strategiyasi — bu brendni rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli reja bo‘lib, unda kompaniyaning bozorda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlar belgilanadi.

Brend strategiyasi biznes maqsadiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 

Sotuv hajmini oshirish, joriy pozitsiyani saqlash, korxona xarajatlarini optimallashtirish, segmentni o’zgartirish, ommaga yoki premium klassga xizmat qilishga o’tish, biror bir sohaga fokus qaratish va boshqalar.

Brend strategiyasini tuzish jarayonida brend pozitsiyasi, mohiyati, oliy maqsadi, qadriyatlari, xarakteri, hissiy va ratsional afzalliklari ham ishlab chiqiladi. 

Bularning barchasi brend platforma degan hujjatda jamlanadi.

  1. Aydentika ishlab chiqish

Kuchli brendning asosiy xususiyatlaridan biri — taniqlilik. 

Mijozlar oson eslab qolishi va tanishi uchun har bir brendga xos bo‘lgan noyob elementlar bo’lishi kerak. 

Bular esa brend nomi, slogan, tone of voice, logotip, ranglar, shriftlar, o‘ziga xos shakllar, maxsus ifor va boshqalar bo’ladi. 

Professional tilida bularning yig’indisi aydentika deb ataladi.

Brend platforma va brend aydentikasi brendbuk degan hujjatda jamlanadi. 

Har qanday brend bilan ishlovchi mutaxassis (marketolog, dizayner yoki boshqa) ishni boshlashdan oldin brendbuk bilan tanishib chiqishi zarur bo’ladi va uni ko’rsatmasi bo’yicha ishlashi kerak.

  1. Amalga oshirish

Brend strategiyasi faqat qog‘ozda qolsa, u hech qanday natija bermaydi. 

Uni joriy etishdagi birinchi qadam — jamoangizga brendingiz mohiyati, oliy maqsadi va strategiyasini aniq tushuntirishdir.

Keyin esa brend strategiyasini amalga oshirish jarayonini nazorat qiladigan mas’ul shaxsni tayinlash lozim.

Brend strategiyasini hayotga tatbiq etish uzoq muddatli jarayon bo‘lib, bunda sizga outsourcing jamoalar — masalan, reklama, event, production, PR agentliklar  va blogerlar yordami zarur bo‘ladi.

Ommaga chiqishdan oldin brendingizni patentlashni unutmang. Chunki usiz brendizga egalik qila olmaysiz.

Xulosa qilib aytganda, brending — bu shunchaki logotip yoki nom tanlash emas. 

U — raqobatchilardan ajralib turish, mahsulot yoki xizmat qiymatini to‘g‘ri yetkazish hamda sodiq mijozlar auditoriyasini shakllantirishga xizmat qiladigan muhim jarayondir.

Bepul konsultatsiya istaysizmi?

Quyidagilarni to'ldiring — o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz

Manzilimiz

Shota Rustaveli ko'chasi 150 uy. Vega Center, 3-qavat, 24-xona.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu sayt Timurid IT agentligi tomonidan yasaldi