Kompaniya uchun nom topishning sinalgan 5 usuli
Unikal brend nomini ishlab chiqish uchun turli metodlardan foydalaniladi. Ushbu maqolada patentdan o‘tish ehtimoli yuqori bo‘ladigan asosiy usullarni agentligimiz keyslari misolida ko‘rib chiqamiz.

Muallif:
26.07.2025
Yangi biznes boshlayotgan har bir tadbirkor uchun nom tanlash muhim va ayni paytda murakkab jarayon hisoblanadi. Brend nomi mijozlarda birinchi taassurotni shakllantiradi. U esda qoluvchi, ma’noli va albatta, patentlash imkoni mavjud bo‘lishi kerak.
Quyida sizga brend uchun nom topishda qo‘l keladigan 5 ta kreativ yondashuvni taqdim qilamiz.
1) Ikki so‘zni qo‘shib yangi so‘z yaratish.
Bu usul orqali siz mavjud ikki yoki undan ortiq so’zlarni birlashtirib, butunlay yangi nom yaratishingiz mumkin.
Masalan, 25 yildan buyon sport mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Olympia brendini rebrending qilib berdik. Mijozimizga qisqa va jarangli “Ongo” nomini taqdim qildik. Ushbu nomni ingliz tilidagi “On” — faol va “Go” — harakat qilish so‘zlarini birlashtirish orqali ishlab chiqdik. Ma’nosi dinamik harakat, energiya va harakatga tayyorlikni ifodalaydi. Bu so‘z sport, faol hayot tarzi va jismoniy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq.

Bu usuldan foydalangan taniqli brendlar:
Payme: pay+me
Facebook: Face + Book
YouTube: You + Tube
2) Neologizm, ya’ni hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan va o‘ylab topilgan so’z.
Neologizm uslubida nom ishlab chiqsangiz, lug‘atlarda yo‘q, ammo jarangdor va o‘ziga xos so‘z ixtiro qilishingiz mumkin.
Masalan, go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mijozimizga “Helali” nomini taqdim qildik. “Helali” so‘zi halol (turk tilidagi – “helal”) so‘ziga o‘xshab ketadi. Halol degan so‘zni patentlab bo‘lmaydi. Shu sababdan aynan halol ma’nosini berishi uchun biz bu so‘zga yaqin “Helali” nomini taqdim qildik. Bu nom mijozimizga manzur bo‘ldi va uni patentlab oldilar

3) Siz yetkazmoqchi bo‘lgan ma’noni boshqa tillardan izlash
Ba’zi hollarda oddiy yoki talaffuzi qiyin so‘zlar boshqa tillarda chiroyli va hashamdor ohangga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, “baxtli” so‘zi o‘zbek tilida arzon brenddek tuyilishi mumkin. Ammo, uning portugal tilidagi varianti — Feliza— yanada nafis va esda qoluvchi nom sifatida qabul qilinadi.
Ayollar kiyimi savdosi bilan shug‘ullanuvchi mijozimizga “Feliza” nomini taqdim qildik va bu nom mijozimizga manzur bo‘ldi.

4) Akronim - Bir necha so‘zning bosh xarflaridan yangi so‘z yasash.
Abreviatura va akronimda bir necha harf qo‘shilib yangi so‘z yasaladi. Har bir akronim — abreviatura, lekin har bir abreviatura — akronim emas. Hozir farqini tushunib olasiz:
Abreviaturada so'zlarning bosh harflari talaffuz qilinadi:
PCG — Perfect Consulting Group
IBM — Integrated Business Management
KFC — Kentucky Fried Chicken
Akronim esa so'z kabi talaffuz qilinadi:
NASA — National Aeronautics and Space Administration
UNESCO — United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization
IKEA — Ingvar Kamprad, Elmtaryd, and Agunnaryd
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mijozimizga akronim yo‘nalishidagi jarangli va qisqa bo‘lgan “Deran” nomini taqdim qildik. “Deran” nomi quyidagi so‘zlardan kelib chiqqan:
• D - Durable (mustahkam)
• E - Efficient (samarali)
• R - Reliable (ishonchli)
• A - Advanced (zamonaviy)
• N - Noble (yuqori sifatli va nufuzli)
Odatda bunday brendlarni ko‘pchilik odamlar ularning to‘liq shaklini bilishmaydi va oddiy brend nomi sifatida qabul qilishadi.

5. Assotsiatsiyalar — nomni biror bir g‘oyaga bog‘lash
Ushbu nomlash uslubida kompaniya nomi uning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsulotlari yoki taklif qiladigan qiymatga ishora qildi. Bu so‘z tilda noyob bo‘lmasligi mumkin, ammo kundalik hayotda kam qo‘llaniladigan va brendning mohiyatini aniq ifodalovchi bo‘lsa bo‘ldi.
Masalan, qurilish korxonasi uchun taqdim qilganimiz — “Asos” nomi. O‘qilishi va yozilishi bir xil. Har qanday narsada eng muhim narsalardan biri bu uning Asosi, ayniqsa qurilishda. Kompaniya bu nom bilan o’zining professional yondashuviga ishora qiladi.

Ba’zida sizning brendingiz qanday mahsulot yoki xizmat taklif qilayotganidan ko‘ra, qanday hissiyot uyg‘otishini nom orqali etkazish muhimroq bo‘ladi.
Brend nomi bu — shunchaki so‘z emas. Bu sizning bozor imijingiz, mijozlar bilan ilk aloqa vositasi va uzoq muddatli muvaffaqiyatga yo‘l ochuvchi kalit hisoblanadi. Yuqoridagi yondashuvlardan birini tanlab, siz o‘z biznesingizga noyob, esda qoluvchi va qonuniy jihatdan himoyalangan nom topishingiz mumkin.