Mijozning xohish-istaklari o’rganib chiqilib o’rta va yuqori qatlamga mos keluvchi minimal va zamonaviy logo ishlab chiqildi. Bunda brend xarakterlari Intiluvchan, Ijodkor va Muvaffaqiyatli xarakterlariga mos keluvchi va briefga muvofiq abstract shakllardan tashkil topgan sohaga mos bo’lgan cheksizlik belgisi hamda brend bosh harfi ya’ni “W” harfi unikal ishlab chiqildi.
Nega cheksiz belgisi deydigan bo‘lsak, belgi yorug‘likning uzluksiz va mustahkam oqimini anglatadi. Brend xarakteriga mos bo‘lgan yorug‘lik singari intilish hamda rivojlanishdan hech qachon to‘xtamaslikni anglatadi.