Mijoz dastlab brend auditoriyasini quyi qatlam sifatida ko'rsatgan bo'lsa-da, yangi filial interyerini va mavjud mijozlarni o'rganib chiqqanimizda, aslida asosiy auditoriya o'rta va o'rta-plus qatlamga to'g'ri kelishini aniqladik. Shu sababli, logotip yangi filialning zamonaviy interyeriga mos, nafis va jozibali ko'rinishda ishlab chiqildi. Mijozlarning katta qismini ayollar tashkil qilgani sababli, logotip shakli va shrift tanlovi ham ayollarga xos noziklik, yumshoqlik va estetikani aks ettiradigan tarzda tanlandi.