
Neyming nima?
Neyming - kompaniya yoki mahsulot va xizmatlar uchun nom ishlab chiqish jarayoni.
Brend uchun sohaga mos, jarangli va esda qolarli nom ishlab chiqish hamda uni patentlash — bu kuchli brend qurish yo‘lidagi birinchi qadam.
01
Rebrendingga muhtoj korxonalarga
Rebrending — bu brend imijini yangilash, biznesni o‘stirish va keyingi bosqichga chiqish degani. Rebrending qachon kerak bo‘ladi?
Brend nomi patentdan o‘tmasligi aniqlandi.
Sotuv, bozor ulushi yoki mijozlar qoniqishi pasaymoqda.
Hozirgi brend nomi korxona missiyasi, xarakteri va auditoriyaga mos emas.
Xalqaro bozorlarga chiqish rejalashtirilmoqda.
Brend qurish va marketingga katta investitsiya kiritilish arafasida.
02
Yangi boshlanayotgan bizneslarga
Yangi biznes uchun mijozlarda ijobiy taassurot qoldirish va raqobatchilar orasida ajralib turish muhim. Yaxshi nom brend haqida kerakli assotsiatsiyalarni yaratish, xaridorlarni jalb qilish va mahsulot xaridorgirligini oshirishga yordam beradi.
03
Mahsulotlarga
Yaxshi ishlab chiqilgan nom samarali reklamaning asosi bo‘lib, u reklama xarajatlarini qisqartirishi va mahsulotingiz liderga aylanishida yordam berishi mumkin.
Biz nafaqat nom topib beramiz, balki brend strategiya ishlab chiqish, aydentikani yaratish va patentlashda yordam beramiz.
Har bir loyiha art direktor, loyiha menedjeri va rasmiy patent vakili tekshiruvidan o‘tadi.
Nom yaratish va uni patentlashda uzoq yillik tajribaga egamiz. Patentlash jarayonlarini nozik jihatlarigacha tushunamiz.
Taqdim qilingan nom patentdan o‘tmasa, pulingizni qaytarib beramiz.
*Agar patentlash xizmatini bizni agentligimiz orqali 15 ish kunida amalga oshirgan bo’lsangiz