
01
Rebrendingga muhtoj korxonalarga
Rebrending — bu brend imijini yangilash, biznesni o‘stirish va keyingi bosqichga chiqish degani. Rebrending qachon kerak bo‘ladi?
Sotuv, bozor ulushi yoki mijozlar qoniqishi pasaymoqda.
Hozirgi brend aydentikasi korxona missiyasi, xarakteri va auditoriyaga mos emas.
Xalqaro bozorlarga chiqish rejalashtirilmoqda.
Brend qurish va marketingga katta investitsiya kiritilish arafasida.
02
Yangi boshlanayotgan bizneslarga
Yangi biznes boshlayotganingizda, mijozlarda ijobiy taassurot qoldirish va raqobatchilar orasida ajralib turishingiz muhim. Kuchli logotip mijozlar ongida brend haqida kerakli assotsiatsiyalarni yaratishga, ularni jalb qilishga va ular bilan hissiy aloqa o‘rnatishga yordam beradi.
03
Logotip plagiat ekanligi aniqlanganda
Brendingiz logotipi boshqa brenddan ko‘chirilganligi aniqlanganida unikal logotip ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Aks holda bu brendingiz imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Biz nafaqat logotip tayyorlash, balki brend strategiya tuzish, aydentikani to’liq ishlab chiqishda va patentlashda yordam beramiz.
Biz “Focus” sifat standartlarini ishlab chiqganmiz. Har bir loyiha art direktor va loyiha menedjeri tomonidan tekshiriladi.
2019-yildan beri logotip tayyorlash bilan shug’ullanamiz. Jamoamiz original logotiplar ishlab chiqish bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislardan iborat.

Logotip dastlab qo'lda chiziladi. So'ngra tayyor bo’lgan sketchni internet orqali plagiatga, ya'ni o'xshashi bor, yo'qligini tekshiramiz.